TDTU Olmaliq filialida “Karyera kuni” loyihasi doirasida “Bo‘sh ish o‘rinlari” mehnat yarmarkasi bo‘lib o‘tdi.
Mazkur yarmarka Olmaliq shahar bandlikka ko‘maklashish markazi bilan hamkorlikda tashkil etilgan bo‘lib, shahrimizdagi va yondosh hududlardagi 20 ga yaqin korxona va tashkilotlar bo‘sh ish o‘rinlari taqdimoti bilan qatnashdi. Fillalning bitiruvchi kurs talabalari mehnat yarmarkasida ishirok etib, o‘zlarining yo‘nalishlari bo‘yicha ish o‘rinlari bilan tanishdilar va rezyume to‘ldirdilar.