TDTU Olmaliq filialida amalga oshirilayotgan loyihalardan biri – “Talaba oʻqigan maktab” tadbiri boʻlib, ta’lim jarayonida ma’lum yutuqlarga erishgan talaba tahsil olgan maktabda tashkil etiladi. Ana shunday tadbirlardan biri TDTU Olmaliq filiali Metallurgiya va kimyoviy texnologiyalar fakulteti tomonidan oʻtkazildi.
Ohangaron tumani Tut mahallasidagi 13-umumiy oʻrta ta’lim maktabining sobiq oʻquvchisi Sevinch Darxonova bugungi kunda TDTU Olmaliq filiali Kimyoviy texnologiyalar ta’lim yoʻnalishi 3-bosqich talabasidir. Sevinchning talaba sifatida oliy ta’lim tizimida erishgan eng katta yutugʻi – 2024-2025 oʻquv yilida u Beruniy nomidagi davlat stipendiyasi sohibi boʻldi.
Tadbirda maktab jamoasi, oʻquvchilari hamda S.Darxonovaning oila a’zolari ishtirok etishdi. Fakultet rahbariyati tomonidan maktabga kitoblar toʻplamii sovgʻa qilindi. Tadbirni tashkil etishda fakultet Xotin-qizlar maslahat kengashi vakili hamda Sevinchning ilmiy rahbari PhD N.Kuchkarova mutasaddi boʻldi.