Flat Preloader Icon Loading...

Toshkent viloyati delegatsiyasi  Malayziyada

photo 2025 06 03 14 42 22 3

Yoshlar – jamiyatning eng muhim qatlami boʻlib, ular mamlakatning kelajagini belgilab beradi. Shu sababli yoshlarning ta’lim olishi, kasb egallashi, ijtimoiy hayotda faol ishtirok etishi va oʻz salohiyatini roʻyobga chiqarishi uchun shart-sharoit yaratish muhim ahamiyat kasb etadi. Bu borada xalqaro hamkorlik muhim rol oʻynaydi.

Toshkent viloyati hokimligining tashabbusi bilan ta’lim, ijtimoiy, ma’naviy-ma’rifiy ishlar yoʻnalishi boʻyicha xalqaro tajribani oʻrganish maqsadida viloyatning bir guruh delegatsiya a’zolari joriy yil 19-23 may kunlari Malayziya davlatiga xizmat safarini amalga oshirdi. 

Xorijiy xizmat safarida delegatsiya a’zolari Toshkent viloyati hokimining yoshlar siyosati, ijtimoiy rivojlantirish va ma’naviy-ma’rifiy ishlar boʻyicha oʻrinbosari O.Sultanbekov, viloyat maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi boshligʻi M.Yuldoshov, viloyat Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar boshqarmasi boshligʻi N.Kulbekova, viloyat Investitsiyalar, sanoat va savdo boshqarmasining boʻlim boshligʻi U.Ubaydullayev, TDTU Olmaliq filiali direktori A.Samadov, “Zakovat” klubi prezidenti A.Abdullayev Asia Pasifik University of Texnology innovation universiteti vakillari Gurpardeer Singh, Adrian Chan, Ho Chin Kuan bilan uchrashdilar. 

Ma’lumot o`rnida aytish kerakki, Asia Pasifik University of Texnology innovation universiteti 1993-yilda tashkil etilgan boʻlib, QS World University Rankings 2025: #611–620 o‘rinda, QS “5 Stars Plus” reytingli yagona universitet hisoblanadi. Mazkur universitetda 13 mingdan ortiq talaba tahsil oladi, 130 dan ziyod mamlakatdan kelgan xorijiy talabalar mavjud. “Best Tech University” va “Best Future Ready University” mukofotlari: PC.com tomonidan 2024-yilda taqdirlangan yirik va keng qamrovli ta’lim muassasasi hisoblanadi.

Uchrashuv davomida TDTU Olmaliq filiali va mazkur universitet o‘rtasida energetika yoʻnalishida qoʻshma dasturlarni amalga oshirish hamda akademik mobillik asosida ilmiy stajirovkalarni tashkil etish masalalari bo‘yicha kelishuvga erishildi.

Delegatsiya a`zolari Universiti Malaysia Perlis (UniMAP) faoliyatibilan ham tanishdilar. Malayziyaning Perlis shtatida joylashgan davlat oliy ta’lim muassasasi bo‘lib, 2001-yilda tashkil etilgan bo ‘lib, 2007-yil fevral oyida to‘liq huquqli universitet maqomini olib, hozirgi nomi — Universiti Malaysia Perlis (UniMAP) deb atala boshlandi. “Bilim, sadoqat, mukammallik” shiori ostida 14 mingdan ortiq talabaga tahsil berayotgan universitet 6 ta diplom dasturi, 37 ta bakalavriat, 20 ta magistratura va 12 ta doktorantura dasturlarini taklif etadi. Elektr, elektronika, kimyo, mexanika va fuqarolik muhandisligi, muhandislik texnologiyasi, kompyuter va aloqa muhandisligi, biznes innovatsiyasi va texnoprenyorlik ta`lim yo‘nalishlari mavjud bo‘lgan universitet vakillari bilan TDTU Olmaliq filiali rahbariyati o‘zaro hamkorlik masalasini ko‘rib chiqdi.

Shuningdek, delegatsiya a’zolari UCSI International School – maktabida boʻlishdi. Mazkur maktabda Cambridge IGCSE xalqaro miqyosda tan olingan o‘rta ta’lim dasturi, boshlang‘ich ta’lim uchun mo‘ljallangan xalqaro International Primary Curriculum (IPC) dasturi, International Baccalaureate (IB): PYP, MYP, DP dasturlari asosida ta’lim beriladi. Maktab Apple va Microsoft bilan hamkorlikda texnologik integratsiya olib boradi. Oʻquvchilarning yoshi 3-16 yoshgacha boʻlib, Finnish Experience Flagship School” maqomiga ega. 

Toshkent viloyati delegatsiyasi UCSI International School vakillari Lain Slade, Willie Tan bilan ham uchrashdilar. Uchrashuv jarayonida xorijiy mutaxassislar Cambridge assessment va IPC o’quv dasturlari bo’yicha ma’lumot berdilar. Toshkent viloyati va UCSI maktablar tarmog’i bilan o’quvchi hamda o’qituvchilar almashinuvi dasturini yo’lga qo’yish kelishib olindi. UCSI maktabi rahbariyati Toshkent viloyatida mazkur maktab filialini tashkil qilish taklifiga qiziqish bildirdi. Yaqin kelajakda mutaxassislar tomonidan ushbu loyiha ustida ish olib boriladi.

Malayziyada ta`lim olayotgan o‘zbekistonlik talabalar bilan uchrashuv tashkil etilib, Respublika “Zakovat” klubi prezidenti A.Abdullayev tomonidan intellektual o‘yin turniri o‘tkazildi.

Eng rivojlangan mamlakatlar ta`lim texnologiyalarini o‘rganib, maqbulini joriy etish xorijiy xizmat safarlaridan ko‘zda tutilgan asosiy maqsaddir.

Scroll to Top