Ayni kunlarda Toshkent davlat texnika universiteti Olmaliq filialida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tashabbusi bilan yo‘lga qo‘yilgan “Dolzarb 90 kun” loyihasi doirasida bir qator ma’naviy-ma’rifiy va kasbga yo‘naltirishga qaratilgan tadbirlar tashkil etilmoqda. Jumladan, TDTU Olmaliq filiali Ohangaron shahar hokimligi bilan hamkorlikda Ohangaron shahridagi umumiy o‘rta ta’lim maktabi bitiruvchilari ishtirokida davra suhbati o‘tkazdi.
Tadbirning asosiy maqsadi – bitiruvchilarga oliy ta’lim muassasalari taqdim etayotgan imkoniyatlar haqida batafsil ma’lumot berish, ularni zamonaviy kasblarga yo‘naltirish hamda bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etishdan iborat.
Davra suhbatida filial direktori, texnika fanlari doktori, professor A.Samadov so‘zga chiqib, yozgi ta’til davomida maktab bitiruvchilari fakultetda mavjud laboratoriyalar va zamonaviy texnik jihozlardan foydalanish orqali turli kasblarni o‘rganishlari, amaliy tajriba orttirishlari mumkinligini ta’kidladi.
Shuningdek, “Dolzarb 90 kun”lik tadbirlar doirasida maktab o’quvchilarni kasbga yo’naltirish maqsadida payvandlash to’garaklari joriy etilishi, ko’chma laboratoriya faoliyati yo’lga qo’yilkganligi, “Mushoira klubi”, yosh qalamkashlar” to’garagi, mahurat darslari hamda maktab o’qituvchilari uchun filialda fanlar doirasida seminar-treninglar tashkil etilganligini ma’lum qildi.
Ohangaron shahridagi 1-sonli umumta’lim maktabi bitiruvchilari TDTU Olmaliq filiali Axborot-resurs markazi, amaliy tajriba laboratoriyalari hamda payvandlash o‘quv xonalari faoliyati bilan yaqindan tanishib, o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob oldilar.