Xabaringiz bor, oliy ta’limga kirish va o‘qishni ko‘chirish test sinovlarida ishtirok etish uchun BHMning 50 foizi miqdorida to‘lov amalga oshiriladi.
Abituriyentlar test uchun to‘lovni eski narxda – (187 500 so‘m) amalga oshirishlari mumkin.
Eslatma: quyidagi abituriyentlar to’lovdan ozod etilgan:
* o‘qishni test o‘tkazilayotgan yili tugatgan bitiruvchilar;
* nogironligi bo‘lgan shaxslar;
* mehribonlik uylari bolalari;
* bolalar shaharchasining bitiruvchilari;
* “Ijtimoiy himoya yagona reyestri” axborot tizimida ro‘yxatga olingan shaxslar va ularning farzandlari;
* “Yoshlar daftari”da ro‘yxatda turuvchi yoshlar kirish imtihonlarida qatnashish uchun to‘lov qilmaydi.