Metallurgiya va kimyoviy texnologiyalar fakultetida TDTU Olmaliq filiali ijodkor talabalarining «Ibrat» teatr studiyasi tomonidan sahnalashtirilgan Muhammad Yusuf qalamiga mansub «Qora quyosh» spektakli namoyish etildi.
Mazkur spektaklda oʻtgan asrning buyuk adiblari Choʻlpon, Abdulla Qodiriy, Usmon Nosir kabi xalqimizning vatanparvar farzandlarining vatan ozodligi yoʻlidagi mashaqqatli taqdirlaridan hikoya qilinadi.
Talablar o’z ijrolari orqali dostondagi insonning ichki dunyosi, uning hayotga bo‘lgan qarashlari va o‘zini anglash jarayonidagi murakkabliklari, ayniqsa, jamiyatdagi qiyinchiliklar va ijtimoiy adolatsizliklarga qarshi kurashi, qorong‘ulik va yorug‘lik, umid va umidsizlik, xotirjamlik va iztirob o‘rtasidagi kurashni tasvirlashdi.
Spektakl tomoshabinlar olqishiga sazovor bo‘ldi.