Kuni kecha bo‘lib o‘tgan “Ulug‘bek vorislari” tanlovining shahar bosqichida 240 nafar nomzod ro‘yxatdan o‘tgan bo‘lib, asosiy da’vogar 27 nafar ishtirokchidan 5 nafari shiddatli munozaralardan so‘ng viloyat bosqichiga o‘tdi.
TDTU Olmaliq filialidan ishtirok etgan 10 nafar talabadan 2 nafari – Yormatov Ozodbek Shermamat o‘g‘li va Imomnazarova Xumorabonu O‘tkir qizi viloyat bosqichiga yo‘llanmani qo‘lga kiritishdi.
Tanlovda hakamlik a’zolari sifatida MiSIS Olmaliq filiali vakillari hamda TDTU OF Matematika va tabiiy fanlar kafedrasi mudiri R.Mirzaaxmedov va Kimyoviy texnologiyalar kafedrasi assistenti N.Anorboyeva ishtirok etdilar.