Joriy yilning 5-iyun kuni Vazirlikning 3/15- 2025-son xati bilan Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi hamda Farg‘ona viloyati hokimligining ““Talabalar kibersport o‘yinlari Farg‘ona-2025” respublika musobaqasini tashkil etish va o‘tkazish to‘g‘risida” 30-q/q-son qo‘shma qaroriga asosan bugun Olmaliq shahrida “Talabalar kibersport o‘yinlari-2025” tanlovining Toshkent viloyat bosqichi o‘tkazildi.
Tanlov kibersport o‘yinlarining FS25, JUST DANCE, CS2 hamda DOTA 2 turlari bo‘yicha o‘tkazildi. Tanlovda Toshkent viloyatida joylashgan 7 ta Oliy ta’lim muassasalaridan kelgan 60 nafarga yaqin vakillari ishtirok etishdi.
Musobaqa yakunida TDTU Olmaliq filiali talabalari jamoasi kibersport o‘yinlarining CS2 hamda DOTA 2 turlari bo’yicha faxrli 2-o’rin sohibi bo’lishdi.