Respublikaning olis va chekka hududlaridagi yoshlarni oliy ta’limga qiziqtirish, ularning ta’limga bo‘lgan intilishini oshirish hamda respublika oliy ta’lim muassasalariga jalb etish maqsadida TDTU Olmaliq filialida amaliy ishlar olib borilmoqda.
Xususan, Matematika va tabiiy fanlar kafedrasi professor-o‘qituvchilari tomonidan Gʻazalkent shahrining chekka hududlarida joylashgan umumta’lim maktablarida uchrashuvlar tashkil etildi. Suhbat davomida oliy ta’limning ahamiyati, mutaxassislik tanlashdagi to‘g‘ri yondashuv, TDTU Olmaliq filialidagi ta’lim imkoniyatlari va yaratib berilgan shart-sharoitlar haqida ma’lumotlar berildi.