TDTU Olmaliq filialida 2024/2025-o‘quv yili bakalavriat bosqichi bitiruvchi talabalarining bitiruv malakaviy ishi himoyalari belgilangan tartibda bo‘lib o‘tmoqda.
Jumladan, Konchilik elektrmexanikasi kafedrasi bitiruvchilari OKMK AJ tasarrufidagi Muhandislar maktabida, Kimyoviy texnologiya kafedrasi bitiruvchilari OKMK AJ Rux zavodida hamda Metallurgiya kafedrasi bitiruvchilari fakultetda o’zlarining bitiruv malakaviy ishlarini himoya qilishdi.