Flat Preloader Icon Loading...

Bitiruvchilarni ish bilan taʼminlash yoʻlida amaliy qadam

photo 2025 06 30 15 48 12 4

TDTU Olmaliq filiali bitiruvchilarini ish bilan taʼminlash maqsadida filialning Registrator ofisi, Maʼlumotlar bazasi (Back Office) bo‘limi menejeri A.Anarboyev hamda Talabalar amaliyoti bo‘limi boshlig‘i A.Bektayev tashabbusi bilan Olmaliq kon-metallurgiya kombinatidagi bo‘sh ish o‘rinlariga qabul qilish uchun sinov jarayoni o‘tkazildi.

OKMK AJ korxonasi bilan hamkorlikda tashkil etilgan mazkur sinov jarayonlarida korxonadagi bo‘sh ish o‘rinlarini to‘ldirish, zamonaviy talab va ehtiyojlarga javob bera oladigan malakali yosh kadrlarni saralab olish maqsadida barcha bitiruvchilardan yozma test imtihoni olindi.

Sinov jarayonlari yakunlariga ko’ra, OKMK AJ vakillari tomonidan 100 dan ortiq talabaning korxonada ish bilan ta’minlanishi rejalashtirilgan.

Scroll to Top