Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi Innovatsion rivojlanish agentligi tomonidan “Akademik harakatchanlik” dasturi doirasida 13 nafar yosh olimning loyihalari g‘olib deb topilib, moliyalashtirilgan edi.
Jumladan, TDTU Olmaliq filialining yosh olima professor-o‘qituvchilari — N.Kuchkarova va G.Yusupova tomonidan taqdim etilgan loyihalar ham qo‘llab-quvvatlandi.
Ayni damda professor-o’qituvchilar loyiha doirasida Qabul qiluvchi tashkilot — “Uz-Kor Gas Chemical” qo‘shma korxonasining Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Qo‘ng‘irot tumanidagi ishlab chiqarish bazasida ishlab chiqarish jarayonlari bilan yaqindan tanishishmoqda.
Loyiha doirasida belgilangan vazifalar mazkur korxona bilan hamkorlikda bosqichma-bosqich amalga oshiriladi.