Flat Preloader Icon Loading...

“Oq yo‘l senga, bitiruvchi!”

photo 2025 06 17 16 58 50 3

Bugun Krasnogorsk shaharchasida joylashgan “Chotqol” madaniyat uyida TDTU Olmaliq filiali huzuridagi akademik litseyning 2024/2025-o‘quv yili bitiruvchilari uchun tantanali diplom topshirish marosimi bo‘lib o‘tdi.

Tadbirni TDTU Olmaliq filiali direktori, professor A.Samadov ochib berdi. Joriy yilda akademik litseyni 73 nafar o‘quvchi tamomladi. Ulardan 10 nafari — imtiyozli diplom, 2 nafari esa oltin medal bilan taqdirlandi.

Filial direktori A.Samadov, akademik litsey direktori O.Abdiyev, litsey ijrochi direktori Yu.Ubaydullayeva tomonidan 2024–2025-o‘quv yilining II-semestr yakunlari bo‘yicha a’lo baholar bilan o‘qigan va “Akademik litsey iftixori” stipendiyasiga sazovor bo‘lgan o‘quvchilar, shuningdek, ilm-fan va ma’naviy-ma’rifiy tadbirlarda faol ishtirok etgan iqtidorli bitiruvchilar tantanali ravishda taqdirlandi.

Tadbir davomida bitiruvchilarning ota-onalari farzandlarini tabriklab, ularning yutuqlari bilan faxrlanishlarini ta’kidladilar.

Scroll to Top