Flat Preloader Icon Loading...

Qaysi fan olimpiada g‘oliblari imtihonsiz o’qishga qabul qilinadi?

qabul2025 1

2019-yil 3-maydagi PQ-4306-sonli Prezident qaroriga binoan, quyidagi 5 ta xalqaro olimpiada g‘oliblariga davlat OTMlariga test sinovisiz va qo‘shimcha imtihonsiz qabul qilish imtiyozi beriladi:

* Xalqaro matematika olimpiadasi – International Mathematical Olympiad (IMO)
* Xalqaro fizika olimpiadasi – International Physics Olympiad (IPhO)
* Xalqaro kimyo olimpiadasi – International Chemistry Olympiad (IChO)
* Xalqaro biologiya olimpiadasi – International Biology Olympiad (IBO)* Xalqaro informatika olimpiadasi – International Olympiad in Informatics (IOI)

Boshqa olimpiadalar-chi?

Yuqorida sanalgan 5 ta xalqaro olimpiadadan boshqa barchasida g‘olib bo‘lgan o‘quvchilarga test sinovisiz o‘qishga kirish huquqi berilmaydi.

XULOSA: joriy yildan boshlab, davlat granti faqat 1 yilga berilishi, undan keyin o’zlashtirishiga qarab taqsimlanishi, imtiyoz bilan kirganlarga esa 4 yil davomida (ya’ni to’liq o’qish davrida) grant saqlanib qolishi e’lon qilingandi.

Bunday holda faqat 5 ta xalqaro fan olimpiadasi sovrindorlariga to’liq grant beriladi. Respublika va boshqa xalqaro fan olimpiadalari sovrindorlariga esa, agar yetarli ball to’plab grantga kira olsa, unda 1 yillik grant beriladi. Qolgan yillarda o’zlashtirishiga qaraladi.

Scroll to Top