Toshkent davlat Agrar universitetida Toshkent viloyatidagi oliy ta’lim muassasalari bitiruvchilari uchun “Karyera kuni” doirasida ish yarmarkasi hamda “Biznes marafon” seminar-treninglari bo‘lib o‘tdi.
“Biznes marafon” doirasida motivatsion seminarlar, master-klasslar hamda yirik tadbirkorlik subyektlari rahbarlari bilan uchrashuvlar o‘tkazildi.
Ushbu marafonda TDTU Olmaliq filiali bitiruvchi talabalari ham faol ishtirok etishdi.