Flat Preloader Icon Loading...

UniMAP vakili TDTU OF qoshidagi akademik litseyga tashrif buyurdi

img 2074

TDTU Olmaliq filiali huzuridagi akademik litseyda 2024/2025-o‘quv yili bitiruvchilari uchun uchrashuv tashkil etildi. Unda Malayziyaning nufuzli oliy ta’lim muassasasi — Universiti Malaysia Perlis (UniMAP) dotsenti Eshquvatov Zayniddin Karimovich ishtirok etdi.

Tadbir doirasida UniMAP vakili universitet faoliyati haqida batafsil ma’lumot berdi. 2001-yilda tashkil etilgan va 2007-yil fevral oyida to‘liq universitet maqomini olgan bu ta’lim muassasasi hozirda “Bilim, sadoqat, mukammallik” shiori ostida 14 mingdan ortiq talabaga tahsil berib kelayotganligini ta’kidlab o’tdi.

Z.Eshquvatov UniMAPda elektr, elektronika, kimyo, mexanika va fuqarolik muhandisligi, muhandislik texnologiyasi, kompyuter va aloqa muhandisligi, shuningdek, biznes innovatsiyasi kabi yo’nalishlar mavjudligi va bu sohaga har ikki mamlakatda ham talab kattaligi xususida fikrlarini bildirdi.

Uchrashuvda o‘qitish tizimi, bakalavriat va magistratura bosqichlaridagi ta’lim tartibi, yillik kontrakt to‘lovlari, turar joy va umumiy xarajatlar haqida ham atroflicha ma’lumotlar berildi.

Tadbir davomida o‘quvchilar va ularning ota-onalari tomonidan berilgan savollarga xorijiy oliy ta’lim vakili tomonidan batafsil javob berildi.

Scroll to Top