Bugundan oliy va professional taʼlim muassasalariga kirish test sinovlari boshlandi.
Ushbu jarayonlarni shaffof va adolatli o‘tkazish maqsadida ota-onalar va keng jamoatchilik uchun test sinovlarini istalgan joydan http://test2025.uz platformasida onlayn kuzatish imkoniyati yaratilgan.
Ta’kidlash lozim, 2025-2026-o‘quv yili uchun kirish test sinovlari ikki smenada o‘tkaziladi.
Bunda:
Talabgorlar qachon, qayerda test sinovida ishtirok etishini my.uzbmb.uz sayti orqali shaxsiy kabineti orqali bilishlari va ruxsatnomani yuklab olishlari mumkin.
Talabgorlardan test sinovi o‘tkaziladigan hududga belgilangan vaqtdan kechikmagan holda shaxsini tasdiqlovchi hujjat va test sinovida ishtirok etish uchun ruxsatnoma bilan kelish so‘raladi.