Flat Preloader Icon Loading...

O‘zbekistonda o‘qishni “perevod” qilish bo‘yicha arizalar qabul qilish boshlandi

qabul2025 1

Bugun, 15-iyuldan OTMlarda o‘qishni ko‘chirish jarayonlari boshlandi.

O‘qishni ko‘chirish uchun arizalar qabuli 5-avgustgacha davom etadi.

Davlat OTMning biridan boshqasiga — transfer.edu.uz

Xorijiy mamlakatlarda yoki respublikada faoliyat yuritayotgan xorijiy va nodavlat OTMdan davlat OTMlariga — my.uzbmb.uz

Kimlar o‘qishini ko‘chirishi mumkin?

Davlat OTMlaridan boshqasiga ko‘chirish uchun:

turmush qurib, turmush o‘rtog‘ining doimiy yashash hududiga o‘qishini ko‘chirayotgan talaba;

ota-onasi yoki turmush o‘rtog‘ining ish joyi o‘zgarib, o‘qishini ko‘chirishga tegishli vazirlikdan tavsiyanoma olgan talabaga ruxsat beriladi. Ular imtihonsiz o‘qishini ko‘chira oladi.

Kimlar imtihon bilan o‘qishini ko‘chira oladi?

➖ Xorijda o‘qiyotgan talaba;
➖ Xususiy universitetda o‘qiyotgan talaba.

Scroll to Top