Kuni kecha Toshkent davlat texnika universiteti Olmaliq filialini 2025-yilda rivojlantirishning maqsadli ko‘rsatkichlar va kompleks rivojlantirish chora-tadbirlari dasturida nazarda tutilgan topshiriqlar ijrosini o‘z vaqtida ta’minlash maqsadida yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.
Yig‘ilish Ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo’yicha direktor o’rinbosari D.Xoliqulov hamda Ilmiy tadqiqotlar, innovatsiyalar va ilmiy-pedogogik kadrlar tayyorlash bo’limi boshlig‘i O‘.Raxmonov tomonidan olib borilib, unda fakultet dekanlari va kafedra mudirlari ishtirok etdi.
Unda 2025-yil uchun belgilangan maqsadli ko‘rsatkichlar doirasida birinchi yarim yillik davomida amalga oshirilgan ishlar holati atroflicha tahlil qilindi. Shuningdek, yilning 3–4-choraklari uchun belgilangan topshiriqlar ijrosini belgilangan muddatlarda ta’minlash yuzasidan aniq vazifalar belgilab olindi.