Flat Preloader Icon Loading...

TDTU OF vakillari Vengriyaning Miskolc universitetida

ven

TDTU Olmaliq filiali professor-o‘qituvchilari Vengriyaning eng yirik shahri — Miskolcdagi Miskolc universitetida bo‘lishdi. Ushbu universitet 1949-yilda parlament qarori asosida tashkil etilgan bo‘lib, u 1735-yilda asos solingan Selmecbánya konchilik va metallurgiya universitetining bevosita huquqiy vorisidir.

Tashrif doirasida xalqaro hamkorlikni rivojlantirish maqsadida Yer fanlari fakulteti dekani bilan uchrashuv o‘tkazildi. Uchrashuvda ikki tomonlama hamkorlik istiqbollari, jumladan, magistratura bosqichida 1+1 qo‘shma dasturni joriy etish bo‘yicha fikr almashildi. Uchrashuv davomida filial va universitet o‘rtasida memorandum imzolash va 1+1 asosida magistratura dasturini yo‘lga qo‘yish bo‘yicha dastlabki kelishuvlarga erishildi.

Scroll to Top