Flat Preloader Icon Loading...

Direktor va yoshlar uchrashuvi

hfvv

TDTU Olmaliq filiali Konchilik ishi fakulteti 1-bosqich talabalari bilan TDTU Olmaliq filiali direktori t.f.d., professor A.U.Samadovning uchrashuvi boʻlib oʻtdi. Tadbirda filialning mas’ul mutasaddi vakillari ham ishtirok etishdi. Filial rahbari talabalarga Olmaliq shahrida oliy ta’lim tizimining ochilish sababi, rivojlanishi va hozirgi kundagi shart-sharoitlari haqida ma’lumot berdi. Oliy ta’lim tizimi islohotlari va natijalari, yoshlarga berilayotgan imtiyozlar va imkoniyatlar, filial faoliyati haqidagi koʻplab ma’lumotlar yoshlarga etkazildi.

Shuningdek, filial rahbari talabalarning xorijiy tillarni oʻrganish toʻgaraklari, iqtidorli yoshlar klubini tashkil etish, qoʻshma dasturlar asosida chet elda tahsil olish imkoniyatlari, harbiy-vatanparvarlik harakati haqidagi koʻplab savollarga batafsil javob berdi. Mutasaddi vakillar ham oʻz yoʻnalishi boʻyicha qoʻshimcha ma’lumotlar berdilar.

Scroll to Top