Ilgari xabar berilganidek, TDTU Olmaliq filialida 2025- yil sentyabr oyi “Ekologik innovatsiyalar va ekologik madaniyat oyligi” deb e’lon qilingan edi. Ushbu oylik doirasida Konchilik ishi fakultetida tadbir tashkil etildi.
Unda Olmaliq shahar Ekologiya partiyasi tashkiloti raisi D.Yunusov, Umumkasbiy va iqtisodiy fanlar kafedrasi mudiri, PhD D.Abdusattorov, professor-o‘qituvchilar hamda 1-bosqich talabalari ishtirok etishdi.
Tadbir davomida D.Yunusov, Ilmiy tadqiqotlar, innovatsiyalar va ilmiy-pedogogik kadrlar tayyorlash bo’limi boshlig’i O’.Raxmonov hamda kafedra professor-o’qituvchilari tomonidan ekologik muammolar, innovatsion yechimlar va atrof-muhitga nisbatan mas’uliyatli munosabat masalalari atroflicha muhokama qilindi.
Ishtirokchilar tomonidan ekologik ong va madaniyatni yoshlar ongiga singdirishning dolzarbligi, bunda ta’lim muassasalari o‘rni katta ekani ta’kidlandi hamda talabalarning fikr-mulohazalari tinglandi.