Oliy taʼlim muassasalari professor-oʻqituvchilari uchun “Pedagogik texnologiyalar va pedagogik mahorat” mavzusida 1 oylik (144 soatlik) malaka oshirish kursi tashkil etildi.
Kursning dastlabki bosqichi Oliy taʼlim tizimi kadrlarini qayta tayyorlash va malakasini oshirish institutida, ikkinchi bosqichi Finlyandiya va Shvetsiyaning nufuzli oliy taʼlim muassasalarida oʻtkazilmoqda.
Ayni damda Finlyandiyada tashkil etilgan kurslarda TDTU Olmaliq filiali professor-o’qituvchilari ham ishtirok etishmoqda. Ular xorijiy davlatlarda quyidagi mavzularda ma’ruzalar qilishdi:
– Rayhonov Shuhrat Zaripovich — Oʻzbekiston oliy taʼlim muassasalari boshqaruvi va marketingi;
– Shoyimov Yo’lchi Yusupovich — Oliy taʼlimda taʼlim texnologiyalari va raqamlashtirish;
– Toshqodirova Ra’no Erkinjonovna — Oliy taʼlimda ilmiy tadqiqot ishlarini tashkil etish;
– Sulaymonova Dildora Baxtiyorovna — Oliy taʼlimda xorijiy tillarni oʻqitish va baholash.
Ushbu xalqaro tajriba almashinuvi ishtirokchilarning kasbiy salohiyatini yanada oshirish, ilg‘or pedagogik texnologiyalarni o‘zlashtirishga xizmat qiladi.