Flat Preloader Icon Loading...

ZOOM platformasi orqali onlayn ma’ruzalar

N.Bauman nomidagi Moskva davlat texnika universiteti dotsenti, t.f.n. Yuriy Anatolevich Gladkov ishtirokida Texnologik mashinalar va jihozlar kafedrasi bakalavrlari uchun “Metallarga bosim bilan ishlov berish jarayonlarini kompyuterda modellashtirish” fanidan ZOOM platformasi orqali ochiq ma’ruzalar o‘tkazilmoqda.

Darslar davomida metallarning prokatlanishi jarayonida yuzaga keluvchi kuchlanishlarni oldindan aniqlash, salbiy holatlarni bartaraf etish bo‘yicha nazariy va amaliy ko‘nikmalar berilmoqda. Shuningdek, “QForm” dasturidan foydalanib, texnologik jarayonlar zamonaviy kompyuterlarda modellashtirilmoqda.

Mazkur mashg‘ulotlar talabalarning amaliy bilim va ko‘nikmalarini mustahkamlash, sohaga oid xalqaro tajriba bilan tanishtirishga xizmat qilmoqda.

Scroll to Top