O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining oliy ta’lim tizimini ishlab chiqarish bilan integratsiyalashga qaratilgan qaror va farmonlari ijrosi doirasida TDTU Olmaliq filiali Energetika va mashinasozlik fakultetiнинг Mashinasozlik texnologiyasi kafedrasi o‘qituvchisi Abdurashidxon Muzaffarov tomonidan 8-22-TM guruhi talabalari uchun amaliy mashg‘ulotlar tashkil etilmoqda.
Har haftaning juma kunlari mashg‘ulotlar Olmaliq kon-metallurgiya kombinati huzuridagi Muhandislik maktabida o‘tkazilmoqda.
Dars jarayonida talabalar ishlab chiqarishda qo‘llaniladigan zamonaviy qurilmalar va texnologiyalar bilan bevosita ishlash ko’nikmalarini shakllantirmoqda.
Ushbu tashabbus talabalarning nazariy bilimlarini amaliyot bilan uyg‘unlashtirish, shu bilan birga korxona ehtiyojlariga mos yuqori malakali mutaxassislar tayyorlashga xizmat qilmoqda.