Olmaliq davlat texnika institutida O‘zbekiston yoshlar ittifoqi boshlang‘ich tashkilotining hisobot-saylov yig‘ilishi hamda Yoshlar yetakchisini saylash bo‘yicha saylov o‘tkazildi.
Saylovda 3 nafar nomzod — B.Mahmudov, A.Shirinboyev va Sh.Turdaliyev o‘z dasturlari bilan ishtirok etdilar. Tadbir yakunida barcha talaba-yoshlar ochiq ovoz berish orqali o‘zlari ishonch bildirgan nomzodlarga ovoz berdilar.
Hay’at komissiyasi va sanoq komissiyasi tomonidan nomzodlarga berilgan ovozlar hisoblab chiqildi. Yakuniy natijalarga ko‘ra, saylovda ishtirok etgan 54 nafar talabadan:
33 nafari — B. Mahmudovga,
13 nafari — A. Shirinboyevga,
6 nafari — Sh. Turdaliyevga ovoz berdi.
Bir nafar talabaning ovozi yaroqsiz deb topildi.
Ovoz berish natijalariga ko‘ra, B.Mahmudovning nomzodi tasdiqlandi va u yangi o‘quv yili uchun Yoshlar yetakchisi etib saylandi.