Konchilik ishi fakultetining ijarada yashovchi 4-bosqich bitiruvchi talabalari holidan xabar olish hamda ularning yashash sharoitini o‘rganish maqsadida Yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha direktorning birinchi o‘rinbosari B.Jamiyev, yoshlar masalalari bo‘yicha dekan o‘rinbosari B.Gaibnazarov hamda bitiruvchi kurs rahbarlari ijara xonadonlarda bo‘lishdi.
Energetika va mashinasozlik fakulteti dekani Sh.Karshiboyev, dekan o‘rinbosari A.Abdullayev hamda guruh murabbiyi M.Akberdiyev 4-bosqich talabalari yashayotgan ijara xonadonlarga borishdi. Ular talabalarning yashash sharoitlari, darslarga qatnashish holati va kundalik muammolarini o‘rgandilar.
Metallurgiya va kimyoviy texnologiyalar fakulteti xotin-qizlar masalalari bo‘yicha dekan maslahatchisi N.Muzaffarova hamda fakultet tyutori J.Norboyev hamkorligida ijarada istiqomat qiluvchi talabalarning yashash sharoitlari ko‘zdan kechirildi.