Globallashuv davrida iqtisodiy mustaqillikni ta’minlash va milliy ishlab chiqaruvchilarni qo‘llab-quvvatlash dolzarb masalaga aylandi. Shu maqsadda, importni oqilona optimallashtirish orqali ichki resurslardan samarali foydalanish va mahalliy mahsulot ulushini oshirish muhim vazifadir.
Mazkur vazifalarni hal etish doirasida Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi hamda Bojxona qo‘mitasi hamkorligida Toshkent shahrida “Mahalliy kontentni oshirishda importni optimallashtirish” mavzusidagi ko‘rgazma tashkil etildi. Ko‘rgazmada Olmaliq davlat texnika instituti vakillari t.f.d., professor D.Xoliqulov va stajyor-tadqiqotchi A.Toshpo‘latov ishtirok etishdi.
Sanoat sohalari importini optimallashtirish hamda mahalliy sanoatni rivojlantirish boʻyicha o ‘tkazilgan penal sessiyada “Mahalliy metallurgiya sanoatini rivojlantirish orqali import hajmini kamaytirish imkoniyatlari” mavzisidagi D.Xoliqulivning ma’ruzasi ko’rgazma ishtirokchilarida katta qiziqish uyg’otdi.
Yurtimizda ishlab chiqarilayotgan sifatli va raqobatbardosh mahsulotlarni targ‘ib qilish orqali iqtisodiy barqarorlik va eksport salohiyatini oshirishga erishiladi.