2026-YIL UCHUN OLIY TA’LIMDAN KEYINGI TA’LIM INSTITUTIGA QUYIDAGI IXTISOSLIKLAR BO‘YICHA QABUL E’LON QILADI:
TAYANCH DOKTORANTURA (PhD)
(ishlab chiqarishdan ajralgan holda o‘qish uchun)04.00.14-“Foydali qazilmalarni boyitish” ixtisosligiga – 1 ta kvota;
05.02.01-“Mashinasozlikda materialshunoslik. Quymachilik. Metallarga termik va bosim ostida ishlov berish. Qora, rangli va noyob metallar metallurgiyasi” ixtisosligiga – 3 ta kvota.
Talabgorlar taqdim etadigan hujjatlar ro‘yxati:
– ariza;
– qisqacha biografik ma’lumotnoma (ob’yektivka);
– mehnat daftarchasining belgilangan tartibda tasdiqlangan nusxasi (ishlayotgan talabgorlar uchun);
– magistrlik yoki oliy ma’lumot to‘g‘risidagi diplom nusxasi;
– nashr etilgan ilmiy ishlar ro‘yxati, shuningdek ularning nusxalari;
– O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Davlat stipendiyasi sohiblari tegishli hujjat nusxasini taqdim etadilar;
– til bilish to‘g‘risidagi sertifikat nusxasi.
– pasport nusxasi;
– 3×4 sm. o‘lchamdagi 2 dona fotosurat;
– tayanch doktoranturada o‘qish uchun talabgorlar ixtisoslik bo‘yicha kirish imtihonlarini topshiradi.
Hujjatlar 2025-yilning 5-noyabrgacha qabul qilinadi.
Eslatma: talabgorlar daraja.ilmiy.uz tizimida ro‘yxatdan o‘tishlari lozim.
Murojaat uchun telefon raqami: +99890 354-72-04.