Flat Preloader Icon Loading...

“Ma’rifat darsi”da “Boqiy shaharlar” mavzusi

Bugun kimyo fanlari doktori, professor Metallurgiya va kimyoviy texnologiyalar fakulteti dekani D.Mirxamitova fakultetining yuqori bosqich talabalari bilan “Kelajak_soati” loyihasi doirasida “Boqiy shaharlar” mavzusida “Ma’rifat darsi”ni o‘tkazdi. Yurtimizda va jahonda yuz berayotgan ijtimoiy-siyosiy, iqtisodiy voqealar, ularning ahamiyati, mamlakatimizning bu jarayonlardagi o‘rni haqida so‘zlab, professor ma’rifat va ilm inson hayotining eng muhim poydevorlaridan ekanligini ta’kidladi. Yurtimizning tarixiy, boqiy shaharlari va buyuk siymolar haqida talabalar bilan suhbat olib borildi.

Ma’rifat darsi nafaqat bilim berish, balki yosh avlodni to‘g‘ri tarbiyalash, ularni yuksak ma’naviyat ruhida kamol toptirishga qaratilgan muhim saboqlardan biridir.

Scroll to Top