Bugun Olmaliq davlat texnika institutida Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi masʼullari ishtirokida yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.
Yig‘ilish davomida Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirining 2025-yil 17-oktyabrdagi 344-k-sonli buyrug‘iga asosan Xalikulov Utkir Mirzakamolovich 2025-yil 21-oktyabrdan Olmaliq davlat texnika instituti o‘quv ishlari bo‘yicha prorektori hamda institut rektori vazifasini bajaruvchisi etib tayinlangani ma’lum qilindi.