Flat Preloader Icon Loading...

AʼLO BAHOGA OʻQIGAN TALABA-QIZLARGA IKKI BAROBAR STIPENDIYA!

elon

2025 yil 1-iyundan boshlab-AʼLO BAHOGA OʻQIGAN TALABA QIZLARGA IKKI BAROBAR STIPENDIYA!

Oʻzbekistonda taʼlim sohasida ijtimoiy qoʻllab-quvvatlashni kuchaytirish maqsadida yangi tartib joriy etilmoqda.

2025 yil 1-iyundan boshlab, ijtimoiy jihatdan ehtiyojmand (yaʼni «qizil» toifaga kiritilgan) oilalardan boʻlgan talaba qizlar, agar aʼlo baholarga oʻqisa, bazaviy stipendiyaning ikki barobari miqdorida stipendiya olish huquqiga ega boʻladilar.

Mazkur imtiyozdan foydalanishni istagan talabalar filial “Yoshlar bilan ishlash, maʼnaviyat va maʼrifat boʻlimi” 110-xonaga murojaat qilishlari soʻraladi.

Eʼtibor bering: faqatgina rasmiy tartibda «qizil» toifaga kiritilgan va barcha fanlardan aʼlo bahoga oʻqiyotgan talabalargina ariza topshirish huquqiga ega.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Kambagʻal oilalarni davlat tomonidan ijtimoiy qoʻllab-quvvatlash tizimini yanada takomillashtirish toʻgʻrisida” 2025-yil 8-maydagi PF-84-son Farmonining 4-bandi a-kichik bandi.

Scroll to Top