Toshkent davlat texnika universiteti Olmaliq filiali professor-o‘qituvchilari va talabalari poytaxtimizdagi Adiblar xiyobonida tadbir o‘tkazdilar. Tadbir 21-oktyabr — O‘zbek tiliga davlat tili maqomi berilgan kun munosabati bilan tashkil etildi.
Tadbir davomida ishtirokchilar ijodkorlarning o‘zbek tilining yuksalishidagi beqiyos o‘rni va ularning asarlari milliy qadriyatlarimizni asrab-avaylashdagi ahamiyati haqida fikr almashdilar.
Loading...

