Flat Preloader Icon Loading...

Akademik I.I.Sadikov TDTU OFda

photo 2024 11 11 09 21 02

O‘zbekistonda yadro fizikasi tadqiqotlari o‘tgan asrning 40-yillarida boshlangan bo‘lib, 50-yillariga kelib jadal rivojlana boshladi. Mamlakatda yuqori malakali olimlarning mavjudligi, shuningdek, atom energiyasidan tinchlik maqsadlarida foydalanish yo‘lida O‘zbekiston olimlarining samarali ilmiy izlanishlari va amaliy ishlanmalari 1956-yilda O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Yаdro fizikasi institutining tashkil etilishiga zamin yaratdi. Institut o‘zining 60 yildan ziyod faoliyati davomida yadro fizikasi va yadroviy texnologiyalar sohasida dunyo ilmiy hamjamiyati tomonidan tan olingan yirik tadqiqot markaziga aylandi.

Bugun TDTU Olmaliq filialiga O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Yаdro fizikasi instituti direktori, texnika fanlari doktori, akademik Sodiqov Ilxom Ismoilovich kelib, filial faoliyati bilan tanishdi.

Scroll to Top