Bugun TDTU Olmaliq filiali huzuridagi akademik litsey oʻquvchilari filial bilan tanishuv ekskursiyasini amalga oshirishdi. Metallurgiya va kimyoviy texnologiyalar fakulteti binosi, laboratoriya va oʻquv xonalari bilan tanishgan oʻquvchilarga fakultetdagi ta’lim yoʻnalishlari haqida batafsil ma’lumot berildi.
Filial direktori professor A.U.Samadov oʻquvchilar bilan uchrashuvda ular qiziqqan sohalar, kelgusidagi rejalari bilan qiziqdi. Suhbat jarayonida yoshlikda bilim olish, oʻqish va izlanishning ahamiyati haqida soʻz bordi.