Flat Preloader Icon Loading...

Akademik litseyda fan olimpiadasi o‘tkazildi

licej

Akademik litseylarda o‘qishga qabul qilish jarayonlarini ta’minlash maqsadida umumiy o‘rta talim maktablarning 9-sinf o‘quvchilari orasida fan olimpiadalari o‘tkazilmoqda.

6-may kuni TDTU Olmaliq filiali qoshidagi akademik litseyda matematika, ingliz tili va fizika fanlaridan “Akademik litsey olimpiadasi” bo‘lib o‘tdi. Unda hududdagi maktablardan 100 nafardan ortiq 9-sinf o‘quvchilari qatnashishdi.

Mazkur olimpiadada TDTU Olmaliq filiali Matematika va tabiiy fanlar kafedrasi assistentlari J.Jonqobilov, Sh.Quchqorov hamda Ijtimoiy-gumanitar fanlar va tillar kafedrasi assistenti U.Aripova o’quvchilar bilimini baholashda ishtirok etishdi.

Scroll to Top