Toshkent viloyatining Bo‘stonliq tumanida O‘zbekiston Qahramoni, O‘zbekiston xalq shoiri Erkin Vohidov ijodiga bag‘ishlangan «E, VOH» an’anaviy ijodiy festivali bo‘lib o‘tdi.
O‘tgan yili Erkin Vohidov ijodiga bag‘ishlab ilk bor o‘tkazilgan «E VOH» she’riyat festivali davlatimiz rahbari tashabbusi bilan an’anaviy tarzda o‘tkazilishi belgilangan.
Shoir ijodiga bag‘ishlangan festivalda Jasvant Annazarov tomonidan yaratilgan bronza haykalining tantanali ochilishi bo‘lib o‘tdi.
Festival doirasida shoir she’rlari, kuy-qo‘shiqlardan iborat dastur, Erkin Vohidov nomidagi ijod maktabi o‘quvchilarining chiqishlari, «Nazm va navo» kechasi, shaxmat musobaqasi bo‘lib o‘tdi. Ushbu festivalda TDTU Olmaliq filiali talabalari ham faol ishtirok etishdi.