Texnologik mashinalar va jihozlar kafedrasining sirtqi ta’lim yo‘nalishi bitiruvchi talabalari filial kutubxonasi fondini boyitish hamda kelajak avlod yoshlarining bilim va ko‘nikmalarini oshirish maqsadida o‘zbek va jahon adabiyotlaridan iborat 40 dona kitobni ARMga sovg‘a qildilar.
Shuningdek, TMJ kafedrasi dotsenti, texnika fanlari bo‘yicha falsafa doktori B.Yusupov talabalar uchun yaqinda chop etilgan monografiyasining bir nechta nusxasini kutubxonaga taqdim etdi.
Bu tashabbus yosh avlodning ma’naviy-ma’rifiy saviyasini oshirishda va ta’lim sifatini yuksaltirishda muhim qadam bo‘lib xizmat qiladi.