Flat Preloader Icon Loading...

Ayol borki, olam munavvar!

kollazh

Yurtimizda yasharish, yangilanish fasli bo’lgan bahor bayramlar bilan boshlanadi. Bahorning ilk bayrami 8 mart – Xalqaro xotin-qizlar kunidir.

Latofat va nafosat sohibasi, ezgulik va fidoyilik ramzi, xonadonlarimizning fayzu farishtasi bo’lmish ayol zoti haqida tariximizda ulug’ shoiru adiblar go’zal she’r va dostonlar bitgan bo’lsa, donishmand mutafakkir ajdodlarimiz qanchadan-qancha hikmatlarni bayon etganlar.

Bugun Energetika va mashinasozlik fakultetida mehr-shafqat va sadoqat timsoli bo’lgan ayollarimizga bag’ishlangan «Ayol borki, olam munavvar» nomli ma’naviy – ma’rifiy tadbir tashkil etildi. Tadbir davomida nafaqat iqtidorli talabalar, balki iste’dodli professor-o’qituvchilar ham sahnada ayollarga bag’ishlangan kuy-qo’shiq, she’r va raqslar bilan tadbir mehmonlariga kayfiyat ulashdilar.

Scroll to Top