Xorazm viloyatida oʻtkazilgan «Besh tashabbus olimpiadasi» shashka musobaqasining Respublika final bosqichi yakunlandi. Urganchda «Besh tashabbus olimpiadasi» doirasida sportning shashka turi bo‘yicha “A” liga Respublika final musobaqalari boʻlib oʻtdi.
Respublikamizning turli hududlaridan saralanib final bosqichigacha yetib kelgan yoshlar sportning shashka turi boʻyicha oʻzaro kuch sinashdi. Unda Sport vazirligi ommaviy sportni rivojlantirish bo‘limi boshlig‘i musobaqa gʻolib va sovrindorlariga diplom medal hamda Sport vazirligining qimmatbaho esdalik sovgʻalarini topshirdilar.
Quvonarlisi shundaki, mazkur musobaqada TDTU Olmaliq filiali Energetika va mashinasozlik fakulteti 9AS-21 TMJ guruh talabasi Durdona Botirova respublika «A» liga bosqichida faxrli 3-oʻrinni qoʻlga kiritdi.