🔷TDTU Olmaliq filiali Metallurgiya va kimyoviy texnologiyalar fakulteti tomonidan “Bir kunlik talaba” loyihasi doimiy ravishda o‘tkazilib kelinmoqda.
🔷Shahrimizdagi 23-umumta’lim maktabining bitiruvchi sinf o‘quvchilari metallurgiya ta’lim yo‘nalishiga doir laboratoriya jihozlari bilan tanishdilar. Shuningdek o‘quvchilar Axborot-resurs markazi va kompyuter xonalarida ham bo‘lishdi.
🔷O‘quvchilarga hamrohlik qilgan Metallurgiya kafedrasi assistent o‘qituvchilari yo‘nalish bo‘yicha batafsil ma’lumot berib, ularning savollariga javob berdilar.