TDTU Olmaliq filiali Energetika va mashinasozlik fakultetiga talabalikka qabul qilingan 1-bosqich talabalari bilan Oʻquv-uslubiy boshqarma boshligʻi oʻrinbosari PhD A.Yusupov va Registrator ofisi menejeri I.Joʻraqulov tanishtiruv uchrashuvini oʻtkazdilar.
Talabalarga oliy ta’lim tizimida olib borilayotgan islohotlar va ularning natijalari, Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi hamda TDTU rahbariyati, filial faoliyati haqida keng ma’lumot berildi. Shuningdek raqamlashtirilgan ta’lim platformalari, kredit-modul tizimi haqida batafsil tushuncha berildi.