Ilgari xabar berganimizdek, A.Samadov boshchiligidagi TDTU OF delegasiyasi Ural Federal universitetida ilmiy-amaliy xizmat safarini amalga oshirmoqda. TDTU OF hamda UrFu ilmiy – ta’limiy hamkorlikning 2023-2024 yillarga mo’ljallangan tadbirlar rejasi imzolandi.
Unga ko’ra, double degre dasturi asosida quyidagi yo’nalishlar bo’yicha magistrlar tayyorlanadi:
metallurgiya, materiallarga badiiy ishlov berish va b.;
magistrlik o’quv reja va dasturlari tayyorlanadi va tasdiqlanadi;
iqtidorli bitiruvchilarni saralash;
magistrlar o’quvini tashkil etish;
TDTU OF professor o’qituvchilari uchun malaka oshirish va ilmiy stajirovka tashkil etish;
xalqaro tanlovlarda ishtirok etish uchun ilmiy loyihalar tayyorlash va ishtirok etish;
UrFu ilmiy maktabi salohiyati asosida ilmiy kadrlar tayyorlash;
hamkorlikda ilmiy maqola va monografiyalar tayyorlash;
o’zaro hamkorlikda ilmiy konferentsiyalar o’tkazish.