Energetika va mashinasozlik fakulteti Elektrtexnikasi, elektrmexanikasi va elektrtexnologiyalari yo‘nalishi 2-bosqich talabalari uchun ekskursiya tashkil etildi
«Olmaliq shahar elektr tarmoqlari boshqarmasi» bilan fakultet kafedrasi o‘rtasida tuzilgan hamkorlik shartnomasi asosida 2-bosqich talabalari ushbu korxonaga amaliy ekskursiyada bo’lishdi.
Ekskursiya davomida talabalarga elektr uskunalarini ishlatish va ta’mirlashda qo‘llaniladigan xavfsizlikni ta’minlovchi elektr asboblarning tuzilishi va ularni to‘g‘ri ishlatish qoidalari haqida muhandis-texnik xodimlar tomonidan batafsil ma’lumot berildi.
Shuningdek, talabalar Olmaliq shahrining muhim qismini elektr energiyasi bilan ta’minlab turuvchi “Konchi” podstansiyasi faoliyati bilan tanishtirilib, talabalar korxona mutaxassislari bilan savol-javob tarzida muloqotda bo‘lib, o‘zlarini qiziqtirgan savollarga amaliy javoblar olishdi.