Toshkent davlat texnika universiteti Olmaliq filialida 2024-2025 o‘quv yilidan boshlab yuqori kurs talabalari uchun dual ta’lim tizimi yo‘lga qo‘yildi.
Ushbu tizim doirasida filial “Olmaliq KMK” AJ bilan hamkorlikda kelishuv shartnomalarini imzolab, Konchilik ishi, Texnologik mashinalar va jihozlar, Mashinasozlik texnologiyasi, mashinasozlik ishlab chiqarishini jihozlash va avtomatlashtirish ta’lim yo‘nalishlari bo‘yicha bitiruvchı kurslardan 18 nafar talaba tanlov asosida saralab olindi.
Talabalar hozirda “Olmaliq KMK” AJning 2-Mis boyitish fabrikasining turli bo‘linmalarida ishlab, amaliyot mashg‘ulotlarini muvaffaqiyatli o‘tashmoqda.
Kuni kecha filial rahbariyati hamda professor-o’qituvchilar ushbu korxonada bo’lishib, nazariy olingan bilimlarni amaliy jihatdan mustahkamlayotgan talabalar hamda korxona mas’ullari bilan suhbatlashishdi.