Flat Preloader Icon Loading...

«Eko innovatsion 2025»

2424

Bugun Yer sharidagi mavjud ekologik muammolarning miqyosi, iqlim o ‘zgarishi, iqtisodiyotdagi global keskin raqobat va tabiiy resurslarning kamligi mavjud texnologiyalarni modernizatsiya qilishni taqozo etadi. Bu zarurat o‘z o‘rnida innovatsion g`oyalar orqali jamiyatning barqaror rivoji uchun keng imkoniyatlar yaratadi. Innovatsion texnologiyalar iqtisodiy ko ‘rsatkichlarni yaxshilashga va ekologik muammolar echimiga yordam beradi.

TDTU Olmaliq filialida tashkil etilgan “Eko-innovatsion – 2025” ko‘rgazmasiga taqdim etilgan innovatsion ishlanma va loyihalar ekologik muammolar yechimiga bag‘ishlangan. Tadbirda atrof-muhitni muhofaza qilish, iqlim o‘zgarishlariga qarshi kurashish, chiqindilarni qayta ishlash va kamaytirish; qayta tiklanuvchi energiya manbalari; innovatsion ekologik texnologiyalar va qurilmalar yo‘nalishlari bo‘yicha taqdimot materiallari, texnik prototip va namunalar komissiya a’zolari tomonidan ko‘rib chiqildi. “Eko_innovasion_2025” tanlovi hay’at a`zoligida ishlab chiqarish korxonalari vakillari ham ishtirok etishdi.

Uchta yo‘nalish bo‘yicha eng dolzarb va samarador deb topilgan loyihalar mualliflariga 6, 4, 2 million so‘m mablag`dan beriladi.

Gʻolib bo‘lgan loyihalar haqida batafsil ma’lumot beriladi.

Scroll to Top