Flat Preloader Icon Loading...

Elektr energiya yo‘qotishlarini ilmiy-texnikaviy tahlili

ghjrehjh

Energiya resurslarini tejash va ulardan oqilona foydalanishni yo‘lga qo‘yishda Farg‘ona tajribasini Toshkent viloyatida tatbiq etish maqsadida «Elektr energiya yo‘qotishlarini ilmiy-texnikaviy tahlili» bo‘yicha yo‘l xaritasi tuzilib, chora-tadbirlar rejasi ishlab chiqildi.

Xususan, kuni kecha TDTU Olmaliq filiali faollar zalida viloyat prokurori Sirojiddin Eshquvvatov Farg‘ona tajribasi asosida energiya samaradorligiga erishish bo‘yicha tashkil etilgan yo‘l xaritasi ijrosi yuzasidan mas’ullar ishtirokida yig‘ilish o‘tkazdi.

Yig‘ilish davomida viloyatning tuman-shaharlariga biriktirilgan TDTU Olmaliq filiali professor-o‘qituvchilari bilan hududlardagi elektr energiyasi tizimidagi yo‘qotishlarni ilmiy tahlil qilishga oid masalalar ko‘rib chiqildi.

Scroll to Top