Elektrotexnika va elektromexanika kafedrasi
Ganiyev Sarvar Tursunboy o‘g‘li
Lavozimi : Kafedra mudiri
Ilmiy darajasi:
Qabul vaqti : Ish kunlari soat 9:00 dan 17:00 gacha
Telefon: +99899 489 01 87
- KAFEDRA TARIXI
- KAFEDRADA OLIB BORILAYOTGAN ILMIY ISHLAR
- O‘QUV QO‘LLANMA
- USLUBIY QO‘LLANMALAR
- BAKALAVRIAT VA MAGISTRATURA YO‘NALISHINING UMUMIY TASNIFI
Kafedra o‘zining faoliyatini Olmaliq kon-metallurgiya fakultetining “Konchilik ishi va konchilik elektr mexanikasi” kafedrasi institut rektorining 1-iyun 2004-yildagi 1/61-sonli buyrug‘i bilan tashkil qilingan bo‘lib, 2004-yilning 1-sentabridan o‘z faoliyatini boshlagan.
Ushbu kafedraga birinchi bo‘lib, 2003-2006 yillar t.f.n. dotsent Mutalov Abduhamid Mutalovich rahbarlik qildi. 2006-2011 yillar katta o‘qituvchi Anarboyev Sulton Akkulovich kafedraga rahbarlik qildi.
2011-2015 yillarda katta o‘qituvchi Muminov Maxmudjon Umurzakovich kafedra mudiri lavozimida faoliyat ko‘rsatdi.
“KI va KEM” kafedrasi institut rektorining 09.07.08 yildagi 1/150 – sonli buyrug‘iga asosan, alohida “Konchilik ishi” va “Konchilik elektr mexanikasi” kafedralariga bo‘lindi. 2011-yildan boshlab “Konchilik elektr mexanikasi” yo‘nalishi vazirlik buyrug‘iga asosan “Elektr texnikasi, elektr mexanikasi va elektr texnologiyalari” deb nomlandi.
2015-yil yanvar oyidan 2017-yil avgust oyigacha “Elektr texnikasi, elektr mexanikasi va elektr texnologiyalari” kafedrasini t.f.n. Rayxanova Galiya Yeleubayevna boshqarib kelgan.
2017-yil sentabr oyidan hozirgi kunga qadar “Elektr texnikasi va elektr mexanikasi” kafedra mudiri lavozimida Ganiyev Sarvar Tursunboy o‘g‘li faoliyat yuritib kelmoqda.
Hozirgi kunga kelib “Elektr texnikasi va elektr mexanikasi” kafedrasida 1 ta professor, 2 ta dotsent, 2 ta katta o‘qituvchi va 4 ta assistentlar faoliyat olib bormoqda. Kafedra tog‘-kon sanoati tashkilotlari bilan hamkorlik aloqalarini o‘rnatgan. Xususan “Olmaliq KMK” AJ bosh mutaxassislari kafedra uchun talabalarga faoliyatidan kelib chiqqan holda chuqur ta’lim berib kelishmoqda. Kafedraning professor-o‘qituvchilari kafedrada yuzaga kelgan muammolarni hal qilishda jips bo‘lib, ahillik bilan ishlab kelishmoqda. Oxirgi yillarda yosh kadrlar kafedraga jalb qilinmoqda. Kafedra a’zolari Islom Karimov nomidagi Toshkent davlat texnika universiteti Olmaliq filiali va boshqa Oliy ta’lim muassasalari tomonidan tashkil qilinayotgan ilmiy konferensiyalarda faol ishtirok etib kelmoqda.
Kafedrada olib borilayotgan ilmiy ishlar:
Kafedraning professor-o‘qituvchilari tomonidan har yili ilmiy izlanishlar muntazam olib boriladi va ilmiy maqolalar chоp etiladi. Kafedra tashkil tоpgandan buyon iхtirо uchun patent va mualliflik guvоhnоmalari mavjud. So‘nggi yillarda iхtirоlarga patent оlingan, ilmiy tadqiqоt ishlaridan оlingan natijalar ishlab chiqarishga tadbiq qilingan. Bugungi kunda kafedra professor-o‘qituvchilar tomonidan quyidagi ishlar amalga oshirilmoqda:
Kafedra professori Rismuxamedov Dauletbek Amanovich falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini 2007-yilda “Turbomexanizmlar uchun qutblar o‘zgaruvchan asinxron motorlar” mavzusidagi ilmiy-tadqiqot ishini himoya qilib, olgan.
2023-yilida kafedra professor-o‘qituvchilaridan Muminov Maxmudjon Umurzakovich “Sinxron mashinalar uchun zaxira qo‘zg‘atish tizimlarini ishlab chiqish” mavzusidagi ilmiy-tadqiqot ishini va Yuldoshov Husniddin Ergashovich “Kon kompressor uskunalarining ekspluatatsiya samaradorligini oshiruvchi texnik yechimlarini ishlab chiqish” mavzusidagi ilmiy-tadqiqod ishlarini himoya qilib falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olishga muvaffaq bo‘ldilar.
Kafedra mudiri Ganiyev Sarvar Tursunboy o‘g‘li falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun “Kon korxonalari shamollatish tizmining elektr yuritmasini takomillashtirish” mavzusidagi ilmiy-tadqiqot ishi 2024-yilda himoya qilishi rejalashtirilgan.
Kafedra assistenti Husanov Shahobiddin Xayrullo o‘g‘li doktaranturada tahsil olmoqda va ilmiy-tadqiqot ishi 2025-yilda himoya qilishi rejalashtirilgan.
Kafedraning 4 nafar assistentlari: A.Y.Sotiboldiyev, O.A. Shodiyev, J.T.Uralov va A.O.Xamdamovlar 2024-yilning yanvar-fevral oylarida ilmiy ish uchun rahbar va imiy ish mavzulari tasdiqlanish jarayonini amalga oshirishmoqda.
“O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 6-iyuldagi 307-son qarori 7a-iloasining 66-bandi “Qutblar soni o‘zgaruvchan chulg‘amli motorlar asosidagi turbomexanizm, tasmali konveyerlar va sharli tegirmon elektr yuritmasini yaratish” mavzusidagi loyiha bo‘yicha ilmiy-tadqiqot ishlarini bajarish maqsadida “TEGIRMON” nomli VIJ tuzilgan va kafedra professor-o‘qituvchilari hamda professor Rismuxamedov Dauletbek Amanovich rahbarligida bajarilgan.
O‘QUV QO‘LLANMA:
Kafedra tasarrufidagi yo‘nalishlarda tahsil olayotgan talabalarga tayanch va asosiy bilim-ko‘nikmalarni egallashlari uchun kafedra prоfessоr-o‘qituvchilari tоmоnidan 3 ta o‘quv qo‘llanma, 3 ta mоnоgrafiya va uslubiy qo‘llanmalar chоp etilgan.
- D.A.Rismuxamedov, R.Ch.Karimov, X.E.Rozmetov, R.K.Maxamadjonov “Konchilik korxonalarida elektr xavfsizlik”;
- D.A.Rismuxamedov “Rele himoya”;
- D.A.Rismuxamedov, O.A.Shodiyev, J.T.Uralov “Kon ishlarini elektrlashtirish”;
- M.U.Muminov “Возбуждение синхронных машин от источников возобновляемой энергии”;
- S.T.Ganiyev “Asinxron motorlar”;
- H.E.Yuloshov “Совершенствования работы системы охлаждения рудничных компрессорных установок”;
Kafedrada olib borilayotgan ilmiy-uslubiy ishlar
- G.E.Rayxanova, G.G.Muratov, “Turg‘unmashinalar” fanidan amaliy mashg‘ulotlar va kurs loyihasi bajarish uchun uslubiy qo‘llanmalar.
- G.E.Rayxanova, O.V.Tuyboyev “Технология машиностроения” fanidan laboratoriya mashg‘ulotlarini bajarish uchun uslubiy qo‘llanmalar.
- A.B.Bakirov, G.G.Muratov, “Gidravlika va gidropnevmo yuritimalar” fanidan kurs ishi bajarish uchun uslubiy qo‘llanmalar.
- G.E.Rayxanova “Технология ремонта горного оборудования” fanidan ma’ruza matni, tajriba, amaliy mashg‘ulotlarni va kurs ishi bajarish uchun uslubiy qo‘llanmalar.
- D.A.Rismuxamedov, R.Ch.Karimov, X.E.Rozmetov, R.K.Maxamadjonov “Konchilik korxonalarida elektr xavfsizlik” fanidan o‘quv qo‘llanma.
- D.A.Rismuxamedov “Rele himoya” fanidan o‘quv qo‘llanma.
- Ganiyev Sarvar Tursunboy o‘g‘li “Asinxron motorlar” nomli o‘quv qo‘llanma.
- D.A.Rismuxamedov, O.A.Shodiyev, J.T.Uralov “Kon ishlarini elektrlashtirish” nomli o‘quv qo‘llanma.
BAKALAVRIAT VA MAGISTRATURA YO‘NALISHINING UMUMIY TASNIFI:
Kafedrada bakalavriatning quyidagi 2 ta ta’lim yo‘nalishlari bo‘yicha kunduzgi, kechki va sirtqi ta’lim shakllarida mutaxassislar tayyorlanmoqda.
- 60710700 – “Elektr texnikasi, elektr mexanikasi va elektr texnologiyalari”
- 60710600 “Elektr energetikasi (Sanoat korxonalari elektr ta’minoti)”
O‘zbekiston uzluksiz ta’lim Davlat ta’lim standartlari, oliy ta’limning Davlat ta’lim standarti, oliy ta’lim yo‘nalishlari va mutaxassisliklari klassifikatoriga kiritilgan.
Ta’limning kunduzgi o‘qish shaklida muddati – 4 yil.
Sirtqi ta’lim – 5 yil.
Kechki ta’lim – 4,5 yil.
Akademik daraja – “Bakalavr”.