O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 8-sentyabrdagi PQ-279- son qarori
“Olmaliq davlat texnika institutini tashkil etish to‘g‘risida”gi Prezident qarori (PQ–279-son, 08.09.2025 y.) qabul qilindi. Qarorga ko‘ra, Toshkent davlat texnika universiteti Olmaliq filiali negizida Olmaliq davlat texnika instituti tashkil etiladi. Olmaliq filialida tahsil olayotgan barcha talabalar o‘qishini Institutda davom ettiradi hamda 2025/2026-o‘quv yilidan bitiruvchi kurs talabalariga belgilangan tartibda Institut diplomi beriladi.