Flat Preloader Icon Loading...

E’lonlar

“Eng yaxshi o‘quv-uslubiy qo‘llanma” respublika tanlovi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining PF–16-son Farmoni ijrosi doirasida, Ta’limni rivojlantirish respublika ilmiy-metodik markazi tomonidan “Taʼlim ishtirokchilarini psixologik qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha eng yaxshi o‘quv-uslubiy qo‘llanma” respublika tanlovi e’lon qilinadi. Tanlovning maqsadi – ilg‘or g‘oyalar va innovatsion yondashuvlarga ega bo‘lgan iqtidorli psixolog va mutaxassislarni aniqlash, ularning faoliyatini qo‘llab- quvvatlash, taʼlim ishtirokchilarini psixologik qo‘llab-quvvatlashga doir …

“Eng yaxshi o‘quv-uslubiy qo‘llanma” respublika tanlovi Davomini o’qish

elon

Ekologik innovatsiyalar va ekologik madaniyat oyligi

Ekologik muammolar yechimiga bagʻishlangan innovatsion ishlanmalar va loyihalar koʻrgazmasini yuqori saviyada oʻtkazish maqsadida TDTU Olmaliq filialida 2025- yil sentyabr oyi “Ekologik innovatsiyalar va ekologik madaniyat oyligi” deb e’lon qilinmoqda. “Ekologik innovatsiyalar va ekologik madaniyat oyligi” doirasida: ekologik madaniyat yo‘nalishida targ‘ibot ishlari, ekologik volontyorlik faoliyatlari, ekologik muammolar yechimiga bag‘ishlangan innovatsion loyihalar …

Ekologik innovatsiyalar va ekologik madaniyat oyligi Davomini o’qish

elon

“O‘zbekiston – imkoniyatlar yurti”

O‘zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 34 yilligi munosabati bilan TDTU OF Yoshlar bilan ishlash, ma’naviyat va ma’rifat bo’limi tomonidan “Vatan uchun, millat uchun, xalq uchun!” degan ezgu g‘oya asosida tashkil etilayotgan “O‘zbekiston – imkoniyatlar yurti” nomli ko‘rik tanlovga start berildi! Kimlar ishtirok eta oladi?Ushbu tanlovda barcha bosqich talabalari ishtirok etishlari mukin. Shartlari …

“O‘zbekiston – imkoniyatlar yurti” Davomini o’qish

elon

Imtiyozli ta’lim kreditini qanday olish mumkin?

Ta’lim krediti oliy va professional ta’lim tashkilotlarida tahsil olish uchun faqat kunduzgi ta’lim shaklida o‘qiyotgan talaba va o‘quvchilarga ajratiladi. Kredit shartlari: Talaba xotin-qizlar ta’lim krediti foizlarini to‘lashdan ozod etiladi! Kredit olish uchun qanday hujjatlar talab etiladi? Ta’lim krediti rasmiylashtirish uchun arizalarni bank ofislarida va Talim-krediti.mf.uz (http://talim-krediti.mf.uz/) portali orqali qoldirish mumkin. …

Imtiyozli ta’lim kreditini qanday olish mumkin? Davomini o’qish

elon

«KARYERA OROMGOHI 2025» — 7 kunlik bepul o‘quv dasturi!

2025-yil 24–31-avgust kunlari Oʻzbekiston Respublikasi Yoshlar ishlari agentligi tomonidan “Karyera oromgohi 2025” nomli 7 kunlik bepul o‘quv oromgohi dasturini amalga oshirish rejalashtirilgan. Dastur kimlar uchun? 2 va 3-bosqich talabalari uchun mo‘ljallangan Dastur doirasida: Kasbga yo‘naltirish; Amaliy ko‘nikmalarni shakllantirish; Mehnat bozoriga tayyorlash bo‘yicha trening va mashg‘ulotlar o‘tkaziladi. Qo‘shimcha ma’lumotlar va ro‘yxatdan …

«KARYERA OROMGOHI 2025» — 7 kunlik bepul o‘quv dasturi! Davomini o’qish

elon

Grant taqsimoti uchun ariza berish muddati 10-avgustga qadar uzaytirildi

Davlat qabul komissiyasining bayoniga asosan, 2024/2025-o‘quv yilida o‘qishga qabul qilingan talabalar uchun ta’lim grantlarini qayta taqsimlash bo‘yicha talabgorlarni ro‘yxatdan o‘tkazish muddati 2025-yil 10-avgustga qadar uzaytirildi. Ya’ni grant taqsimlash uchun ariza berishga ulgurmay qolganlar 10-avgustgacha hujjatlarini taqdim etishi mumkin. Arizalar oliygohlarning veb-saytlari orqali yoki kontrakt.edu.uz saytida qabul qilinmoqda. Talabalar ariza berishda …

Grant taqsimoti uchun ariza berish muddati 10-avgustga qadar uzaytirildi Davomini o’qish

elon

Talabalar uchun stipendiyalar miqdori 10%ga oshirildi.

Talabalar 1-avgustdan oshgan narxda: Aʼlochi talaba  683 604 soʻm;Yaxshi talaba 569 670 soʻm;Prezident stipendiyasi sohiblari 2 410 695 soʻm;Davlat stipendiyasi sohiblari 1 607 130 soʻm miqdorida stipendiya olishadi. Shuningdek, budjet tashkilotlari xodimlarining ish haqi ham 10 foizga oshirilishi belgilandi. Yaʼni, mehnatga haq toʻlashning eng kam miqdori amaldagi 1 mln 155 ming …

Talabalar uchun stipendiyalar miqdori 10%ga oshirildi. Davomini o’qish

elon

O’qishni ko’chirish va tiklash bo’yicha arizalar qabuli davom etmoqda

Hurmatli talabalar! 15-iyuldan OTMlarda o‘qishni ko‘chirish jarayonlari boshlanganini ma’lum qilgan edik. (https://t.me/TDTUOFUZ/25703) Hozirda transfer.edu.uz sayti faol holatda ishlamoqda. Ushbu havola orqali kirib, o’qishni ko’chirish va tiklash bo’yicha arizalarni yuborishlaringiz mumkin. Qo’shimcha savollar uchun quyidagi telefon raqamiga murojaat qiling:+998882345256

elon

Qayta taqsimlanadigan davlat grantiga arizalar qabul qilish boshlandi!

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 10-martdagi “Oliy ta’lim tashkilotlarida talabalarga grantlarni taqdim etish va qayta taqsimlash tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida” qaroriga asosan davlat grantlarini qayta taqsimlash tartibi belgilangan. Ta’lim granti tanlovida 2024/2025 o‘quv yilida bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari hamda magistratura mutaxassisliklari kunduzgi ta’lim shaklida tahsil olgan birinchi bosqich talabalari ishtirok …

Qayta taqsimlanadigan davlat grantiga arizalar qabul qilish boshlandi! Davomini o’qish

elon

BITIRUVCHI TALABALAR DIQQATIGA!

Sizlarni “Ilm orzuni haqiqatga aylantirar” deb nomlangan tantanali diplom topshirish tadbiriga hamda shu kuni bo’lib o’tadigan “Karyera kuni” doirasidagi bo’sh ish o’rinlari yarmarkasiga taklif etamiz. Tadbir  2025-yil 24-iyul soat 10.00  asosiy bino faollar zalida o‘tkaziladi.

bitiruvchi
Scroll to Top